Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mariya Sharapova Australian Open turnirida o‘z faoliyatidagi 600-g‘alabani qayd etib, nimchorak finalga chiqdi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Australian Open turnirining 1/8 final bosqichiga yo‘llanma oldi. Uchinchi raundda tennischi amerikalik raqibi Loren Devisni mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu rossiyalik tennischining faoliyati davomida erishgan 600-g‘alabasi bo‘ldi.
Turnirning beshinchi tartib raqamli sportchisi sifatida qayd qilingan Sharapova raqibidan uch setga ko‘ra (6:1, 6:7 (5:7), 6:0) ustun keldi. Uchrashuv 2 soat 14 daqiqa davom etdi. Rossiyalik tennischi nimchorak finalda shveysariyalik Belinda Benchichga qarshi kortga chiqadi.
Australian Open —«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi dastlabki musobaqa bo‘lib, 18-31 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida bo‘lib o‘tadi. Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 30 million dollarni tashkil qiladi.