Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada suriyalik qochqin o‘zini yoqib yubordi
Niderlandiyaning Zandam shahri yaqinidagi boshpana olishga da'vogarlarni qabul qilish markazida suriyalik qochqin o‘zini yoqib yubordi. Noordhollands Dagblad nashrining ma'lum qilishicha, voqea 20 yanvar kechki payt yuz bergan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zini yoqib yuborgan erkak Suriyaning Halab shahridan kelgan bo‘lgan. U ustidan yonuvchi suyuqlik quyib, o‘ziga o‘t qo‘ygan. Shunday keyin u Turkiyada qolgan o‘z farzandlarini ko‘rishni istayotganini aytib baqira boshlagan.
Suriyalikka yordamga uning yurtdoshlari yetib kelganlar va olovni o‘chirganlar hamda tez tibbiy yordam chaqirtirishgan. Erkak yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, uning hayoti xavf ostida emas.
Suriyalik besh oydan beri qochqinlar lagerida yashayotgan boshpana olishga d'avogarlardan biri bo‘lgan. Ularga Niderlandiyaga kelishgandan keyin ularning arizalari 3 oy ichida ko‘rib chiqilishi aytilgan, biroq bu borasida hanuzgacha hech qanday jarayon boshlanmagan. Bir qator qochqinlar arizalar ko‘rib chiqilishi jarayoni joyidan siljishi uchun ochlik e'lon qilishlarini aytishgan. Kuzatuvchilarning ta'kidlashicha, qochqinlar orasida hujjatlarning sekin rasmiylashtirishi sababli umidsizlik kayfiyati oshmoqda.
O‘tgan haftada shu holat sababli Ter-Apel shahri markazida iroqlik qochqin o‘zini osib qo‘ygan. Bunga 30 yoshli erkakka uning arizasi ko‘rib chiqilishi 6 oydan oldin boshlanmasligi aytilgani sabab bo‘lgan.