Texnologiya | 07:29 / 22.01.2016
6786
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyada tovlamachilar plastik kartochkalardagi mablag‘larni o‘g‘irlashning yangi usulidan foydalanmoqdalar

Rossiyada tovlamachilar to‘lovni amalga oshirishning kontaktsiz texnologiyasi bilan jihozlangan bank plastik kartochkalaridagi pullarni o‘g‘irlashning yangi usulini o‘ylab topishdi.

Jinoyatchilar plastik kartochkadagi axborotni masofadan turib o‘qiy oladigan qo‘lbola portativ terminal-riderlar yasashni o‘rganib oldilar. Bunday qurilmalarga kartochkani skaner qiluvchi RFID chipi o‘rnatiladi. Axborot o‘g‘irlangandan keyin u klon kartochkalarga o‘tkaziladi va pul yechib olish uchun ishlatiladi, deb yozmoqda “Izvestiya” gazetasi.

Bu usuldan maxsus kartmonlar yoki signalni bloklovchi maxsus kartalardan foydalanish orqali himoyalanish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish