Jahon | 08:55 / 22.01.2016
2938
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Merkelga qochqinlarga yordam berish bo‘yicha yangi rejalarni ma'lum qildi

AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali suhbatda Yevropada qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

“Ikki yetakchi yaqin oylarda urush tufayli hayotlari tamoman o‘zgarib ketgan millionlab odamlarni himoya qilish va barcha zaruriy narsalar bilan ta'minlashga yordam berish uchun birgalikda ishlashga tayyorlar”, deyilmoqda AQSh ma'muriyati bergan xabarda.

Oq uy bayonotida Obama Merkelga qochqinlar muammolarini hal qilishga yordam berish uchun yangi majburiyatlarni mustahkamlash maqsadida 2016 yil sentabrida BMT Bosh assambleyasida Qochqinlar ishlari bo‘yicha butunjahon sammiti o‘tkazish rejalarini ma'lum qildi.