O‘zbekiston | 16:14 / 22.01.2016
3419
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston havo yo‘llari “Uralskiye avialinii” bilan kod-shering bo‘yicha kelishuv imzoladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi “Uralskiye avialinii” bilan Namangan-Yekaterinburg-Namangan havo liniyasini birgalikda ekspluatatsiya qilish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi. Kod-shering borasidagi kelishuv doirasida 31 dekabrdan e'tiboran O‘zbekiston milliy aviatashuvchisi Namangan-Yekaterinburg-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha “Uralskiye avialinii” reyslari uchun chiptalar sotishni yo‘lga qo‘ygan. Parvozlar haftasiga bir marta payshanba kunlari Airbus 320 laynerlarida amalga oshiriladi.