Jamiyat | 12:15 / 22.01.2016
4824
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ruli o‘ng va chap tomonda bo‘lgan mashinalar davlat raqamini farqlab ajratish taklif qilindi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga ruli o‘ng va chap tomonda bo‘lgan mashinalar davlat raqamini farqlab ajratish taklif qilindi. Mazkur tashabbus “Respublika – Ata Jurt” fraksiyasi yig‘ilishida uning yetakchisi Omurbek Babanov tomonidan ilgari surildi.

Siyosatchi Yevropa banklarida alohida mamlakat fuqarolariuchun bank hisob raqami so‘ngiga qo‘yiladigan sonni misol qilib keltirdi. “Biz ham shunday qilishimiz mumkin. masalan, ruli o‘ng tomonda bo‘lgan mashinalar davlat raqimi so‘ngiga bir sonini yozib qo‘yishimiz mumkin. bu aynan ushbu mashinalar tushadigan YTHlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni jamlashni yengillashtiradi”, - dedi Babanov.

Qirg‘iziston IIV ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda 1 million 140 ming avtomobil ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 192 mingi yoki 17 foizining ruli o‘ng tomonda joylashgan.