Sport | 15:12 / 22.01.2016
11961
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» klub imijiga zarar yetkazmaslik maqsadida Ronalduga marokashlik do‘sti oldiga tez-tez borib turishni taqiqladi

Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduga Marokash o‘zining do‘sti — kikbokschi Badr Xarini ko‘rgani tez-tez borishi taqiqlandi. Bu haqda 22 yanvar kuni A Bola nashri xabar tarqatdi.

Madridliklar klubdagi tartib intizomni kuchaytirish va jamoa imijiga zarar yetkazmaslik maqsadida shunday qarorga kelishgan. Klub prezidenti Florentino Peres Marokash qiroli Muhammad VIga agar portugaliyalik futbolchi bu qoidani buzsa xabar berishini so‘rab, murojaatnoma yozgan.

Dekabr oyining boshida «Real»ning mashg‘ulotlaridan keyin Ronaldu shaxsiy samolyotida Marokash poytaxti Rabotga do‘sti Xarini ko‘rgani ketib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Futbolchi ertalabki mashg‘ulotlar ulgurish uchun tunda Madridga qaytgandi. Matbuot mazkur xabardan keyin portugaliyalik futbolchining besoqolbozlik munosabatlari bo‘lishi mumkinligi borasida taxminlarini chop etgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish