Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 2015 yilda jinoyatchilik 8,6 foizga o‘sdi
Rossiya Ichki ishlar vazirligida Rossiyada 2015 yilda jinoyatchilik 8,6 foizga o‘sgani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Vazirlikda ta'kidlanishicha, Rossiyaning 75 ta hududida jinoyatchilik o‘sishi, 8 tasida pasayishi qayd qilingan. Hammasi bo‘lib mamlakatda yil davomida 2,35 mln ta jinoyat sodir etilgan.
“Qayd qilingan jinoyatlarning deyarli yarmini (46 foiz) o‘zgalarning mulkini o‘g‘irlash tashkil qiladi: o‘g‘irlik – 996,5 mingta, talon-taroj qilish – 71,1 mingta, bosqinchilik 13,4 mingta”, deb ta'kidlanmoqda vazirlikda.
Talon-taroj va bosqinchilik holatlari kamaygan, o‘g‘irlik esa aksincha, 12 foizga o‘sgan.