Sport | 17:38 / 22.01.2016
9426
1 daqiqa o‘qiladi

Sanjar Tursunov boshida to‘pni qay darajada mahorat bilan o‘ynashini ko‘rsatib berdi

Ukrainaning "Vorskla" klubida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Sanjar Tursunov ayni vaqtda qishki yig‘inni o‘tkazayotgan jamoadoshlari bilan kiyim almashtirish xonasida o‘ziga xos fleshmob o‘tkazdi. U to‘p bilan muomila qilishda ko‘p futbolchilarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish mumkin bo‘lgan bu harakati tasvirini o‘z instagramiga joylashtirgan.

Videotasvirda Sanjar Tursunov kiyim almashtirish xonasida aylana bo‘lib o‘tirgan jamoadoshlari o‘rtasida turib, to‘pni ularga bosh bilan uzatadi va qaytarib oladi. 19 futbolchi ishtirokida amalga oshirilgan bu jonglyorlik harakati vaqtida to‘p yerga tushmaydi.

Bundan oldinroq, O‘zbekiston terma jamoasining boshqa bir futbolchisi Sardor Rashidov o‘z hovlisida iti bilan futbol o‘ynab, o‘ziga xos mashg‘ulotini ko‘rsatib bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish