Jahon | 12:17 / 22.01.2016
4061
1 daqiqa o‘qiladi

Somalida jangarilar to‘y o‘tayotgan restoranga hujum qilishi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi

21 yanvar kuni kechki payt Somali poytaxti Mogadishodagi Liido Seafood sohil restoraniga jangarilar hujum qilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 20 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Associated Press nashri xabar tarqatgan.

Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra hujum vaqtida restoranda to‘y marosimi bo‘lib o‘tayotgandi.

Xabar qilinishicha, jangarilar restoran qarshisida mina o‘rnatilgan ikkita avtomobilni portlatib yuborgan, so‘ng binoga bostirib kirgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda jangarilar bartaraf etilib, restoranda nazorat qo‘lga olingan.

Hujum uchun javobgarlikni «Ash-Shabob» ekstremistik guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Ma'lumot uchun, «Ash-Shabob» 2012 yilda «Al-Qoida» bilan birlashgan, xalqaro terroristik guruh hisoblanadi.