Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tish shifokori ikkita Malibu sotib olish maqsadida qallobga 200 mln so‘m berib yubordi
Toshkentda tish shifokori bo‘lib ishlab kelgan Ruhshona ismli ayol ikkita Malibu sotib olish maqsadida tanishi Sardorga 200 mln so‘mdan ortiq pulni berib yubordi, ammo aldandi, deb yozadi “Ogoh” nashri.
Aytilishicha, Sardor Ruhshonaning shifoxonasiga tish davolatish uchun oilaviy kelib turgan va shu orqali ular tanishishgan. Ayol mashina olmoqchi ekanligini aytganida, Sardor unga masalani tez hal qilishga yordam berishini aytgan. Ruhshona o‘zi to‘plab qo‘ygan 45 mln so‘m ustiga yana akasidan qarz olib, jami 203 mln so‘mni Sardorga berib yuborgan. Unga qiziqib, hamkasbi Shuhrat Nexia uchun 1.5 ming dollar, shifoxona yaqinidagi go‘zallik saloni ishchisi Muxtor ham Nexia uchun 2 ming dollar berib yuborgan.
Ammo pullarni olganidan so‘ng Sardor turli bahonalar bilan ulardan qochib yurgan.
Bir kuni Ruhshona salonga borib, uning pullaridan faqat 90 mln so‘m to‘langanini bilib qolgan va Sardorga tahdid qila boshlagan. Firibgar bir tanishining 86 mln so‘mlik Malibu mashinasini ayolning nomiga o‘tkazib bergan, ammo bu bilan qutulib qola olmagan.
Jabrlanuvchilarning qo‘shma arizasi asosida firibgar qo‘lga olinib, jazoga tortilgan.