Sport | 17:53 / 22.01.2016
2420
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov: Nyasse ketsa, bu jamoamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ladi

"Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jamoa hujumchisi Umar Nyasse haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Agar Umar jamoadan ketsa, bu katta yo‘qotish bo‘lar edi. Hozir u to‘purar bo‘lib turibdi va bu ko‘p narsadan dalolat beradi.

Menimcha mavsumning birinchi qismida og‘ir o‘ynadik. Qayerdadir darhaqiqat charchab qoldik, ammo bu bahonadan boshqa narsa emas. Shunday o‘yinlar bo‘ldiki, omadimiz kelib turganda ham g‘alabani qo‘ldan boy berdik.

"Dinamo"ga qarshi kechgan bahsda so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordik. Aslida uchinchi golni ursak ham bo‘lardi. "Ural" bilan bo‘lgan o‘yinda ham shunday bo‘ldi. O‘zimizni oqlash kerak emas. Murabbiylar kerakli ko‘rsatmalar beradi, deb o‘ylayman", - deydi himoyachi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish