Sport | 18:20 / 22.01.2016
2656
1 daqiqa o‘qiladi

Xabi Alonso: Gvardiola va Mourino bir-biriga o‘xshashadi

"Bavariya" jamoasining ispaniyalik yarim himoyachisi Xabi Alonso o‘zi bilan ishlagan ikki murabbiy, Joze Mourino hamda Xosep Gvardiolani o‘zaro solishtirdi.

"Ularning ikkisi ham tug‘ma yetakchilar. Ulardagi xarizma odamlarni o‘z ortidan boshlay olishga imkon beradi.

Ularning fe'li turlicha bo‘lsada, ammo o‘xshash jihatlari ham ko‘p. Masalan, ikkisi ham o‘ta hischan kishilar.

Jamoani o‘zing uchun kurashishga majburlay olish juda qiyin ish. Bu ularning asosiy umumiy jihati. Mashg‘ulotda nima qilishingdan qat'i nazar futbolchilar murabbiy uchun kurashmasa, hech narsa chiqmaydi", - deydi Alonso.

Eslatib o‘tish joizki, Mourino 2010 yildan 2013 yilgacha "Real"da ishlagan, Gvardiola esa 2008 yildan 2012 yilgacha "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish