Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” guruhi o‘zining BMTning terrorchilik guruhlari ro‘yxatidan chiqarib tashlanishini talab qildi
“Tolibon” guruhi jangarilari o‘zlarining BMT Xavfsizlik kengashi terrorchilik guruhlari ro‘yxatidan chiqarib tashlanishlarini talab qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Xususan, guruh bunday shartni Afg‘oniston hukumati va jangarilar o‘rtasida qarama-qarshilikning yakunlanishi haqida muzokaralar o‘tkazilishi oldidan bildirishdi.
Guruh vakillarining aytishicha, muzokaralar ularga mamlakatning kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirishga imkon beradi.
2015 yil iyulida rasmiy hukumat va jangarilar o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tgandi, biroq muzokaralarning ikkinchi raundi “Tolibon” yetakchisining o‘limidan keyin bekor qilingandi.