Sport | 12:29 / 23.01.2016
3539
1 daqiqa o‘qiladi

Allegrini "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida qaralmoqda

Ayni vaqtda "Yuventus" jamoasini boshqarib turgan Massimilliano Allegri yangi mavsumda "Chelsi" bosh murabbiyligiga tayinlanadigan asosiy nomzod sifatida hisoblanmoqda.

The Sun nashri ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich italiyalik mutaxassisga 6 mln funt sterling maosh belgilash nazarda tutiladigan shartnoma taklif qilmoqchi.

Jamoada Joze Mourino ishdan bo‘shatilgach, uning o‘rniga olib kelingan Guus Xiddink bilan shartnoma joriy mavsum so‘nggida yakunlanadi.

Yangi mavsumda "Chelsi"ga olib kelinishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar qatorida Chili terma jamoasining sobiq murabbiyi Xorxe Sampaoli, "Atletiko"ning amaldagi murabbiyi Diyego Simeone hamda "Manchester Siti"ni mavsum so‘nggida tark etishi mumkin bo‘lgan Manuel Pellegrini nomlari bor.