Jahon | 23:48 / 23.01.2016
4276
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi qor bo‘roni 9 kishining halok bo‘lishi va 8 mingta aviareysning bekor qilinishiga olib keldi

AQShning Sharqiy sohillariga yopirilgan qon bo‘roni 9 kishining halok bo‘lishi va 8 mingta aviareysning bekor qilinishiga olib keldi, deb xabar bermoqda USA Today nashri.

23 yanvarda 8,3 mingta reys bekor qilindi. Mamlakatning eng yuklangan aeroportlari hisoblanuvchi Filadelfiya, Vashington Dalles, Vashington Regnan va Baltimor aeroportlarida barcha reyslar bekor qilindi.

Tennessi, Kentukki, Shimoliy Karolina va Virjiniya shtatlarida 9 kishi halok bo‘lgan.

Virjiniyada qor bo‘roni tufayli yuz bergan yo‘l-transport hodisasida mingdan ko‘proq avtomobil shikastlangan.

Filadelfiya, Baltimor va Vashington hukumati jamoat transporti ishini taqiqlab qo‘ydi va aholini o‘z uylarini tark etmaslikka chaqirdi.

Ayni vaqtda tabiiy ofat hududida 60 mln odam qolmoqda.

Avvalroq AQShning 6 shtatida qor bo‘roni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilingani ma'lum qilingandi.