Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arshavin va Jirkov London derbisi tarixidagi eng yomon o‘yinchilar safida qayd etildi
Rossiyalik futbolchilar, Andrey Arshavin hamda Yuriy Jirkov The Telegraph nashri tomonidan «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida 21 asrda yuz bergan to‘qnashuvlardagi eng yomon futbolchilar qatorida qayd etilishdi.
Nashr 2003 yildan keyin o‘tkazilgan derbi bahslarni o‘rganib chiqqan. O‘sha yili rossiyalik biznesmen Roman Abramovich «Chelsi»ni xarid qilgan va jamoani sovrindor jamoaga aylantirish uchun kuchaytira boshlagandi.
Yuriy Jirkovning «Chelsi» jamoasiga jalb qilinishiga gazeta quyidagicha izoh bildirgan: "Jirkov 2009 yilda «Chelsi» safiga qo‘shib olinishi bilan barcha zamonlar bo‘yicha eng qimmatbaho rossiyalik legionerga aylandi (18 mln funt - tahririyat). U 2 mavsum davomida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va keyin yanada boyroq «Anji» jamoasiga transfer qilindi".
Arshavinning transferini esa nashrda "Arsen Vengerning eng katta xatosi" sifatida baholashgan.
"U avvaliga ba'zi o‘yinlarda o‘zini juda yaxshi tomondan ko‘rsatib turardi. Driblinggi yaxshi edi. Ammo u juda tez so‘ndi", deyiladi maqolada.
Derbi tarixidagi eng yomon futbolchilar ro‘yxatida yana quyidagi nomlar bor: darvozabon Manuel Almuniya («Arsenal»), himoyachilar Emmanuel Ebue («Arsenal»), Filipp Senderos («Arsenal»), Xolid Bulaxruz («Chelsi»), yarim himoyachilar Xuan Sebastyan Veron («Chelsi»), Denilson («Arsenal»), Xose-Antonio Reyyes («Arsenal»), hujumchilar Adrian Mutu («Chelsi») va Fernando Torres («Chelsi»).

Jirkov 2009 yilda TsSKAdan «Chelsi» safiga o‘tib, 2 mavsum o‘ynagandi. «Arsenal» ham 2009 yilda «Zenit»dan Andrey Arshavinni sotib olgan, bu futbolchi 4 mavsum davomida londonliklar safida 105 o‘yin o‘tkazgan.
Angliya chempionatidagi eng shiddatli derbilardan biri bo‘lmish «Arsenal» va «Chelsi» bahsi 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.