Fan-texnika | 15:19 / 23.01.2016
3558
1 daqiqa o‘qiladi
Blue Origin suborbital kosmik kemaning yana bir marta uchirilishi va qo‘ndirilishini namoyish etdi
Amazon asoschisi Jyeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi New Shepard nomlik suborbital kosmik kemani yana bir marta uchirib, qayta qo‘ndirdi. Bu kompaniya 2 oy oldin, 23 noyabr kuni AQShda suborbital kosmik kemani birinchi marta vertikal qo‘ndirishni amalga oshirgandi.
Bu safar raketa Yer ustidan 101,7 km (avvalgisi 100,5 km) balandlikka ko‘tarildi.
Bezos o‘z saytida bu jarayon videosini joylashtirgan.
Raketaning birinchi bosqichi kapsulani parashyutlar vositasida tik holatda qo‘ndirish orqali amalga oshirilgan.
Ilon Maskka tegishli boshqa bir xususiy kompaniya SpaceX Falcon 9 ning birinchi bosqichini 2015 yil 22 dekabr kuni quruqlikka muvaffaqiyatli qo‘ndirgan edi.