Jahon | 23:34 / 23.01.2016
4328
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Saudiya Arabistoni qiroli bilan Eron bilan ixtilofni muhokama qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri delegatsiya hamrohligida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud bilan Ar-Riyodda uchrashdi, deb xabar bermoqda Al Ekhbariya nashri.

Ta'kidlanishicha, uchrashuv davomida tomonlar mintaqadagi oxirgi voqealarni muhokama qilishdi. Ular Suriyadagi vaziyatning rivojdanishi va “Eronning Suriya ichki ishlariga aralashuviga” javob berish muhimligiga alohida e'tibor qaratishdi.

OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda, shuningdek, qirollik mudofaa vaziri, shahzoda Muhammad ibn Salmon, tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr, madaniyat va axborot vaziri Odil at-Turayfiy ham ishtirok etdi.

Kerri, shuningdek, Laos, Kamboja va Xitoyga tashrif buyurmoqchi.