Jahon | 07:36 / 23.01.2016
2715
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi maktabdagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Kanadaning Saskachevan viloyatidagi La Losh qishlog‘idagi maktabda sodir etilgan otishmada 5 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi og‘ir ahvolda qolmoqda, deb xabar bermoqda CBC News telekanali.

Bu haqda Shveytsariyaning Davos shahridan turib shoshilinch murojaat bilan chiqqan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.

Tryudo bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsizlikning sabablari va tafsilotlari haqida aytishga hali ertaligini aytdi.

Avvalroq OAVlarda maktabdagi otishmadan keyin bir o‘quvchi qo‘lga olingani ma'lum qilingandi. 

La Losh qishlog‘ida 3 mingga yaqin odam yashaydi, ulardan ko‘pchiligini tub xalqlar vakillari tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish