Jahon | 20:01 / 23.01.2016
4178
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Italiya Turkiyaga muhojirlarni ushlab turish uchun 3 mlrd yevro ajratilishiga to‘sqinlik qiladi

Italiya Yevropa Ittifoqiga qochqinlarning kelishini ushlab turish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan Turkiyaga Yevrokomissiya tomonidan talab qilingan 3 mlrd yevro ajratilishiga qarshi chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bryusseldagi diplomatik manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Italiya bu qarorga to‘sqinlik qiladi, chunki YeI byudjyetidan faqatgina 1 mlrd yevro, qolgan 2 mlrd yevro esa YeIga a'zo-davlatlar hisobidan ajratilishi rejalashtirilgan”, deb aytdi manba.

Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya muhojirlar bilan bog‘liq inqirozni hal qilishda hal qiluvchi rol o‘ynashini aytgandi.

2015 yil noyabridagi muzokaralar davomida Turkiya Yevrokomissiya unga 3 mlrd yevro ajratishni ma'qullagani uchun Yevropa Ittifoqiga muxojirlar oqimini hal qilishda yordam berishga rozi bo‘lgandi.