Jahon | 08:08 / 23.01.2016
7039
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada talabalarning yo‘qolishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha 110 dan ortiq odam hibsga olindi

Meksika rasmiylari 2014 yilning kuzida 43 talabaning yo‘qolishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 3 kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Xavfsizlik bo‘yicha milliy komissar Renato Seylzning aytishicha, hibsga olinganlardan biri 22 yoshli talaba Xulio Mondragonning qotilligida asosiy gumonlonuvchi hisoblanadi.

Seylzning aytishicha, ushbu ish bo‘yicha hozirda jami 113 kishi hibsga olingan.

2014 yil 26 sentabrda banditlar Gerrero shtatida bo‘lib o‘tayotgan talabalar namoyishiga hujum qilishgan. Voqea joyida 6 kishi halok bo‘lgan, yana 43 talaba o‘g‘irlab ketilgan. Keyinroq shahar tashqarisida 28 nafar noma'lum jasad ko‘milgan ommaviy qabriston topilgan. Bundan tashqari, Iguala shahri politsiyasi bilan aloqasi bo‘lgan yollanma qotillar to‘dasi 43 talabadan 17 nafarining qotilligida aybdorligini tan olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish