Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining goli “Barselona”ga “Malaga” ustidan g‘alaba va Primeradagi yetakchilikni keltirdi
Ispaniya Primerasining 21-turida “Barselona” mehmonda “Malaga” ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
“Barsa” uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Munir al-Xaddadiyning to‘pi evaziga hisobni ochdi. Mezbonlar 32-daqiqada Xuanpining to‘pi evaziga hisobni tenglashtirishdi. Uchrashuvdagi g‘alaba to‘pini 51-daqiqada Lionel Messi amalga oshirdi.
“Barselona” shu g‘alabasi evaziga Primeraning 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. “Barsa” “Sevilya” bilan uchrashadigan “Atletiko”dan 1 ochko oldinda bormoqda.
Ispaniya Primerasi. 21-tur
Malaga – Barselona – 1:2
Gollar: Al-Xaddadiy, 2 (0:1); Xuanpi, 32 (1:1); Messi, 51 (1:2).