Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyaning Flynas loukosteri 100 ta Boeing va Airbus samolyoti sotib olishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi
Saudiya Arabistonining Flynas loukosteri (xizmatlari narzi arzon turuvchi aviakompaniya) 100 tagacha Boeing, Airbus va Bombardier samolyotini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda RNS.
Flynas rahbari Pol Birn aviakompaniya yaqin 5 yil ichida 60 ta yangi samolyot sotib olmoqchi ekanligi va ularning sonini 100 tagacha yetkazishni o‘ylayotganini aytdi.
Kompaniya xabarida Flynas kompaniyasi Airbus A320 Neos, Boeing 737 Maxs va Bombardier CS300 modellariga qiziqish bildirayotgani aytilgan. Ta'kidlanishicha, kompaniya bitim bo‘yicha yakuniy qarorni 2016 yilda qabul qiladi.
“Biz Airbus, Boeing va Bombardier bilan samolyotlar sotib olish yoki lizingga olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqdamiz”, deb aytdi Birn.