Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Spartak" Roman Shirokov bilan shartnomani bekor qildi
Moskvaning "Spartak" jamoasi Rossiya terma jamoasiga nomzod yarim himoyachisi 34 yoshli futbolchi Roman Shirokov bilan shartomani uning roziligi bilan bekor qildi. Bu haqda futbolchining agenti Arsen Minasovga asoslangan holda TASS nashri xabar bergan.
"Roman va "Spartak" ikki tomonning roziligiga ko‘ra o‘zaro shartnomani bekor qildi. Bu o‘rinda hech qanaqa tovon puli haqida gap ketmaydi", deydi agent.
Futbolchi o‘z faoliyatini qayerda davom ettirishi to‘g‘risidagi savolni ochiq qoldirgan.
"Sport Ekspress" nashrida u sobiq jamoasi "Rubin"ga qaytishi mumkinligi aytilgan.
Ayni vaqtda futbolchi jamoa bilan BAAda qishki yig‘inda bo‘lib turibdi. U birinchi nazorat uchrashuvida qatnashmagandi.
O‘tgan yilning kuzida u jamoa rahbariyati bilan tushunmovchilik tufayli asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgandi. Uning shartnomasida futbolchi mavsumning birinchi davrasida 15ta o‘yin o‘tkazishi evaziga u bilan shartnoma uzaytirilishi haqida band bor edi. Shirokov esa 14ta o‘yinda maydonga tushgan va 4ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Shirokov 2014 yilida "Spartak" bilan 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Dastlabki yili u murabbiy Murat Yaqin bilan kelisha olmagach, "Krasnodar"ga ijaraga berildi. 2015 yilning yozida yana Moskva jamoasiga qaytdi.