Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya hududidan uchirilgan yana bir raketa Turkiyadagi aholi turar joy hududiga kelib tushdi
23 yanvar kuni Suriya hududidan uchirilgan snaryad Turkiya janubi-sharqida joylashgan Kilis shahridagi uylardan biriga kelib tushdi. Daily Sabah nashri xabariga ko‘ra, bu hodisa natijasida 2 kishi jarohat olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Suriya shimolidagi Avaz tumani hududidan uchirilgan raketa zarbasi natijasida jarohat olganlarning hayoti xavf ostida emas. Bu tuman IShID jangarilari nazorati ostida hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar, dushanba kuni Suriya hududidan uchirilgan snaryad Kilis shahridagi maktab binosiga kelib tushgan edi.
Portlash natijasida, maktab xodimalaridan biri halok bo‘lgan. Bir o‘quvchi jarohat olgan. Ushbu hodisadan 48 soat o‘tib, Turkiya harbiylari IShID pozitsiyalari bo‘ylab zarba berishdi.