Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik kosmonavt AQSh sharqidagi qor bo‘ronlarining fazodan ko‘rinishini namoyish qildi
NASA astronavti Skott Kelli Instagram va Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida AQShning sharqiy sohillariga yopirilgan qor bo‘roni suratlarini namoyish qildi. Suratlar Xalqaro kosmik stansiya (XKS) bortidan turib olingan.
"Qor bo‘ronlari bizga ajoyib suratlarni taqdim qildi. Issiq uyingizdan chiqmang. Sizga XKS bortidan turib xayrli tun tilayman", deydi u #Blizzard2016 heshtegi bilan qo‘yilgan tvitida.
Avvalroq Nyu-York aholisi chang‘i uchayotgan tirannozavrni ko‘rgan ma'lum bo‘lgandi.
Kuchli qor bo‘roni sabab shaharda avtotransport vositalari harakati cheklangan, ko‘chalar faqat shoshilinch xizmatlar uchun ochiq.



Amerikalik fazogir Skott Kelli tungi Dubay va Kalgarining koinotdan ko‘rinishini namoyish qildi