Jahon | 07:46 / 24.01.2016
3551
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing 747 samolyoti yonilg‘i oqib ketishi tufayli London aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Londondan Mexikoga uchib ketayotgan British Airways aviakompaniyasining Boeing 747-400 yo‘lovchi samolyoti yonilg‘i oqib ketishi tufayli Londonning Xitrou aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Airlive portali.

Nosozlik samolyot havoga ko‘tarilgandan keyin aniqlangan. Ekipaj samolyotni ortiga qaytarishga qaror qilgan.