Jamiyat | 00:40 / 24.01.2016
7155
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik ayol 33 mln funt sterlingli yutuqli lotereya chiptasini kirga qo‘shib yuvib yubordi

Britaniyalik ayol 33 mln funt sterlingli yutuqli lotereya chiptasini yuvib yubordi. Vuster shahrida yashovchi ayolning ta'kidlashicha, u chiptani yuvilgan jinsilar cho‘ntagidan topib olgan.

U chiptani fen yordamida quritib, chiptadagi sana, seriya raqami va shtrix-kod o‘chib ketganini aniqlagan.

Ayol buni aytish uchun lotereya operatori bilan bog‘langan, u yerda ayolga bu voqeani yozma tarzda bayon qilish tavsiya qilindi. Lotereya tashkilotchilari hozircha hech qanday qaror chiqarishmadi.

Bundan avval Buyuk Britaniyadagi milliy lotereya tashkilotchilari lotereyada o‘ynalgan jyekpotning yarmini, ya'ni 33 mln funt sterlinglik yutuqni yutgan chipta egasini qidirishayotgani ma'lum qilingandi.