Jahon | 21:17 / 24.01.2016
2945
2 daqiqa o‘qiladi

Eron va AQSh ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda

Eron va AQSh ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda Eronning eng yirik aviatransport kompaniyasi Iran Air’ning bosh direktori va boshqaruv raisi Farhod Parvaresh ma'lum qildi.

“Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti ayni vaqtda AQSh va Eron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yana yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Islom inqilobigacha (1979) Tehron va Nyu-York o‘rtasida har kuni reyslar amalga oshirilgandi. Biz bu reyslarni yaqin orada qayta boshlashga umid qilamiz”, deb aytdi Parvaresh.

“Eronga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishidan keyin Iran Air’ga G‘arbiy Yevropa aeroportlarida yonilg‘i quyishni amalga oshirishga ruxsat berildi. Avval Eron laynerlari uzoq reyslar vaqtida yonilg‘i quyish uchun Sharqiy Yevropa davlatlarida texnik qo‘nishlarni amalga oshirishlariga to‘g‘ri kelgan, bu esa parvozlarning qimmatroq bo‘lishiga sabab bo‘lgan va yo‘lovchilarga noqulayliklar yetkazgan”, deb aytdi Parvaresh.