Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Xitoy 25 yillik strategik hamkorlik haqida kelishuvni imzoladi
Eron va Xitoy prezidentlari 25 yillik strategik hamkorlik haqida kelishib olishdi, deb xabar bermoqda Eronning IRNA agentligi.
Bu haqda Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Hameneiy Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvi davomida ma'lum qildi.
“Eron xalqi va hukumati mustaqil va ishonchli hamkor hisoblanadigan Xitoy kabi davlatlar bilan munosabatlarni kengaytirishga intilgan va intiladi. Eron va Xitoy prezidentlari 25 yillik muddatga strategik hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Bu juda to‘g‘ri va dono qaror”, deyilmoqda xabarda.
Si Tszinpinning Eronga safari davomida 17 ta kelishuv imzolandi. Jumladan, ulardan ba'zilarida energetika, moliya, sanoat, atrof-muhit va texnika sohalarida hamkorlik haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, ikki davlat yetakchisi dengiz “Ipak yo‘li”ning rivojlanishini muhokama qilishdi.