Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Xitoy Arak reaktori va yangi AESlarni qurish bo‘yicha memorandumlar imzoladi
Eron va Xitoy tomonidan imzolangan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik haqidagi 17 ta hujjatdan bir nechtasi Erondagi Arak reaktorini qayta profillashtirish va bir qator yangi AESlarni qurish bilan bog‘liqdir. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti rahbari Ali Akbar Salohiy Xitoyning atom energiyasi davlat boshqarmasi rahbari Syuy Dachje bilan uchrashuvida ma'lum qildi.
“Ikki davlat tomonidan yadro sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda Arak reaktorini modernizatsiyalash va Busher viloyatida 100 megavattlik bir qator kichik AESlarni qurish bilan bog‘liq memorandumlar faqatgina shu obektlar bilan cheklanib qolmaydi”, deb aytdi Salohiy.
Eron Tehron va xalqaro vositachilar “oltiligi” o‘rtasidagi Qo‘shma har tomonlama harakatlar rejasini amalga oshirishning boshlanguniga qadar Arak reaktorining yadrosini demontaj qilishni yakunladi hamda uni keyingi modernizatsiyalash uchun tayyorladi. Reaktor qayta profillashtirilgandan keyin qurol-aslaha plutoniysini ishlab chiqara olmaydi. Arakdagi ishlar bo‘yicha hujjat Xitoy raisining 23 yanvarda Tehronga uyushtirgan safari davomida imzolandi.