Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Germaniya futbol ittifoqi tomonidan FIFAga 6,7 mln yevro o‘tkazib berilgani bilan qiziqib qoldi
FIFAdagi korruptsion mojaroni tergov qilayotgan AQShning Federal qidiruvlar byurosi Germaniya futbol ittifoqi (DFB) tomonidan FIFA hisobiga 6,7 mln yevro o‘tkazilgani bilan qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda Süddeutsche Zeitung nashri.
Avvalroq Germaniya OAVlari DFB go‘yoki 2006 yilgi jahon chempionati Germaniyada o‘tkazilishi uchun FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zolarini sotib olgani haqida xabar bergandi.
FIFA xodimlarini sotib olish uchun “qora g‘azna” yaratilgani haqida aytilgan.
Nashr FQB boshlagan tergovning xarakterini aniqlashtirmagan, biroq bu ish amerikalik tergovchilarning ustuvorlik bo‘yicha ro‘yxatida 3-o‘rinda turgani ta'kidlanmoqda.