Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:24 / 24.01.2016
9117
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq bosh vaziri Turkiyani Usmon imperiyasini qayta yaratishga urinishda aybladi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Iroq hududining hududiy yaxlitligiga rahna solayotgan Turkiyani Usmon imperiyasini qayta yaratishga urinishda aybladi, deb xabar bermoqda Iraqi News.
“Turkiya bizga IShIDga qarshi kurashmoqchi ekanligini aytmoqda, biroq ochig‘ini aytsam,
men buning tasdig‘ini ko‘rmayapman”, deb aytdi al-Obodiy.
Al-Obodiyning aytishicha, Turkiya “mintaqada Usmon imperiyasini qayta tiklamoqchi”. Al-Obodiy Bag‘dod Istanbul bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolish kerak deb hisoblashini aytdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish