Sport | 08:59 / 24.01.2016
1833
1 daqiqa o‘qiladi

Jyervino 18 mln yevro evaziga Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasiga o‘tadi

Xitoyning «Tszyansu Saynti» jamoasi «Roma» bilan kot-d'ivuarlik yarim himoyachi Jyervinoning transferi borasida kelishuvga erishgan.

Mediaset Premium nashrining yozishicha, 28 yoshli bu futbolchi uchun xitoyliklar 15 mln yevro to‘lashadi. Yana 3 mln yevro esa bonuslar ko‘rinishida beriladi.

Qayd etilishicha, yangi hafta boshida Jyervino Xitoyga o‘zaro shartnoma imzolash uchun yo‘l oladi.

Bundan oldinroq, «Tszyansu Saynti» unga yiliga 8 mln yevro maosh bermoqchi ekani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish kerakki, oxirgi kunlarda bu jamoa transfer huquqi «Roma»ga tegishli bo‘lgan, ijara asosida Moskvaning TsSKA jamoasiga qaytgan boshqa bir afrikalik hujumchi Seydu Dumbiya bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish