Sport | 08:19 / 24.01.2016
3885
1 daqiqa o‘qiladi

Kobe Brayant: Ronaldino Messi hali 17 yoshdaligida uning tarixdagi eng kuchli futbolchi bo‘lishini aytgandi

Taniqli basketbolchi Kobe Brayant tarixni eslab, "Barselona" klubining sobiq yarim himoyachisi Ronaldino bir vaqtlar o‘ziga 17 yoshli Messining kelajagi haqida aytgan gaplarini esladi.

"Bir vaqtlar, ancha vaqtlar oldin "Barselona" Los-Anjyelesga kelgandi. O‘shanda do‘stim Ronaldino bilan ko‘rishganman va biz ancha vaqtgacha suhbatlashganmiz. Va u menga: "Kobe, senga mana bu yigitchani tanishtirmoqchiman. U vaqti kelib dunyo futboli tarixidagi eng kuchli futbolchiga aylanadi", degandi.

Men esa: "Nima? Axir sensan-ku eng kuchli futbolchi", deya javob qaytargandim.

Ammo u gapida davom etib, "Yo‘q, yo‘q, mana bu yigitcha eng kuchli futbolchi bo‘ladi!", degan.

O‘sha yigitcha Lionel Messi edi va u hali 17 yoshda edi", - deydi Brayant.