Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:18 / 24.01.2016
11740
1 daqiqa o‘qiladi
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori: Edvard Snouden yo‘q qilinishi kerak
AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden yo‘q qilinishi kerak, deb aytdi Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jyeyms Vulsi Bolgariyaning BTV televideniyesiga bergan intervyusida.
“Snouden yo‘q qilinishi kerak”, deb aytdi Vulsi teleboshlovchining savoliga javoban.
Vulsi intervyusining bu so‘zlar aytilgan bo‘lagi BTV’ning kechki yangiliklarida namoyish qilindi, to‘liq intervyuni 24 yanvarda ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.
Vulsi 1993-1995 yillar davomida MRBga rahbarlik qilgan.