Sport | 14:37 / 24.01.2016
3134
1 daqiqa o‘qiladi

Messi: "Barselona" futbolchilari bu mavsumda ham YeChLda g‘olib bo‘lish ishtiyoqida

Lionel Messi "Barselona" Yevropa Chempionlar ligasida qatorasiga ikkinchi marta g‘olib chiqish uchun kurashishini aytib o‘tdi.

"Bizning g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimiz o‘tgan yilgidan kam emas. "Barselona" har qanday musobaqada g‘olib chiqishni istaydi. Chempionlar ligasida qatorasiga ikki marta g‘alaba qozonish juda og‘ir. Chunki keyingi sovrinni olish qiyinroq bo‘ladi.

"Barselona" yaxlit kuch sifatida birlashgan. Biz maydonda ham, undan tashqarida ham juda yaxshi munosabatdamiz", - deydi Messi.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" YeChL nimchorak finalida "Arsenal" bilan to‘qnashadi.