Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:11 / 24.01.2016
2014
1 daqiqa o‘qiladi
Nikaragua qirg‘oqlari yaqinida amerikalik sayyohlar mingan kema halokatga uchradi
Nikaragua qirg‘oqlari yaqinida Markaziy Amerika davlatlari va AQSh fuqarolari mingan sayyohlik kemasi halokatga uchrab, 13 kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda hukumatga asoslangan holda AFP xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Kosta-Rika fuqarolari edi. Kema shanba kuni Litl-Korn-Aylend orolidan Karib dengizi havzasiga chiqqan.
Kemada jami 32 kishi bo‘lgan va ularning 19 nafari qutqarib olingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish