Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York gubernatori yo‘lda qolib ketgan avtomobilni chiqarib olishga yordam berdi
Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo Long-Aylendda bir haydovchiga uning yo‘lda qorga botib qolgan avtomobilini chiqarib olishga yordam berdi. Bu holat aks etgan fotosuratlarda Kuomo o‘zining Chevrolet Tahoe rusumli xizmat mashinasining push-bamperiga trosni mahkamlayotganini ko‘rish mumkin.
Ushbu xabar siyosatchining rasmiy tvitterida joylashtirildi, bu yerdagi oxirgi soatlardagi barcha xabarlar lentasi qor bo‘roni oqibatlarga bag‘ishlandi.
Suratlarda shaharning shoshilinch xizmatlari gusenitsalar o‘rnatilgan Ford yo‘ltanlamaslaridan foydalanayotganini ham ko‘rish mumkin.
Avvalroq Nyu-Yorkda qor bo‘roni tufayli favqulodda vaziyat e'lon qilingani ma'lum qilingandi. Yo‘llarda harakatlanishga faqatgina shoshilinch xizmat mashinalarigagina ruxsat berilgan.
On Cross Island Parkway assisting a stranded driver #Blizzard2016 pic.twitter.com/ydU4KMcp4U
— Andrew Cuomo (@NYGovCuomo) 23 yanvarya 2016