Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Buyuk Britaniya 3 ming qochqin bolani qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron ayni vaqtda harbiy ixtiloflardan qochib Yevropa davlatlariga kelgan bir necha ming qarovsiz qolgan qochqin bolani qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Observer nashri xabar bermoqda.
Xayriya jamg‘armalari tomonidan bosimning kuchaytirilishi Buyuk Britaniya hukumatining “Yaqin Sharq davlatlaridan juda bo‘lmasa 3 mingga yaqin bolani Birlashgan Qirollikka kela olishlari” mumkin bo‘lgan variantni ko‘rib chiqishga majbur qildi. O‘z navbatida Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jyeremi Korbin bosh vazir Kemeronni bolalarga nafaqat qochqin maqomini, balki ularga uy-joy va ta'lim berishga ham chaqirdi. U bu harakatlarni Buyuk Britaniya tomonidan 1939 yilda fashistlar zulmidan yahudiy bolalarning saqlab qolinishiga qiyosladi. “Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan birgalikda Buyuk Britaniya ixtiloflardan qochayotgan qochqinlarni qabul qilishi kerak. Devid Kemeron shoshilinch tartibda xuddi biz 1930-yillar natsistlar zulmidan yahudiy bolalarni qutqarish bo‘yicha “Kindertrasnport” operatsiyasi davomida qilganimizdek, hozirda Yevropada bulgan qarovsiz bolalarga qochqin maqomini berishi kerak”, deb aytmoqda Korbin.