Jamiyat | 16:31 / 24.01.2016
4026
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentlik qallob 5 kishidan Janubiy Koreyaga yuborish va'dasi bilan 8 mln so‘m pul oldi

Toshkentlik qallob 5 kishidan Janubiy Koreyaga yuborish va'dasi bilan 8 mln so‘m pul oldi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, viloyatdan ish qidirib kelgan Komil, Ikrom, Fozil, Sabohat va Zulfiddin ismli shaxslar toshkentlik Ilhom ismli erkak bilan tanishib qolgan. Ular Janubiy Koreyaga ishlashga ketishda Ilhomdan yordam olish umidida bo‘lgan. Yordam berish bahonasida firibgar yoshlardan jami 8.2 mln so‘m olgan va shu bilan juftakni rostlagan.

Uzoq oylar kutib, nihoyat aldanganini tushungan yoshlar tegishli idoralarga arz qilishgan. Natijada firibgar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish