Texnologiya | 22:10 / 24.01.2016
5077
2 daqiqa o‘qiladi

Vodorod yonilg‘isida yuruvchi Honda Clarity Fuel Cell sedanining narxi 60 ming dollarni tashkil qilishi ma'lum bo‘ldi

Honda kompaniyasi vodorod yonilg‘i elementlarida ishlovchi dvigatelli Clarity Fuel Cell avtomobilining narxi va savdoga chiqarilishi muddati haqidagi ma'lumotlarni ma'lum qildi.

Muhandislar modelni ishlab chiqishda salonning maksimal darajada kengroq bo‘lishidan kelib chiqishgan. Transmissiyani joylashtirishni optimallashtirish evaziga mutaxassislar ichida besh kishi qulay joylashishi mumkin bo‘lgan intererni yaratishdi.

Yonilg‘i elementlari va energoblokning o‘lchamlari V6 dvigateli bilan qiyoslanajak o‘lchamlarga kamaytirildi. Avtomobil yuqori bosimda gazsimon vodorod saqlanuvchi maxsus yonilg‘i baki bilan jihozlandi. Sedan yonilg‘i to‘ldirishsiz 500 km yo‘l yurishi mumkin. Vodorod zaxiralari to‘ldirilishi uchun taxminan 3 daqiqa ketadi, bu holat yonilg‘i to‘ldirish jarayonini benzinli va dizelli modellardagi kabi tez va qulay bo‘lishini ta'minlaydi.

Yuqori samarali kuch uzellari litiy-ionli batareya bilan birgalikda tez va bir tekis tezlanishni ta'minlaydi, bunga uzatmalarni almashtirishga ehtiyojning yo‘qligi evaziga erishiladi.

Clarity Fuel Cell’ning o‘ziga xos jihatlari sifatida uning yorug‘lik-diodli faralari, original dizaynga ega 18 dyuymli g‘ildirak disklari, charm o‘rindiqlar va Apple CarPlay va Android Auto tizimlarini qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or multimedia tizimini keltirish mumkin.

Ma'lum qilinishicha, avtomobil joriy yilning oxirigacha taxminan 60 ming dollar narx bilan savdoga chiqariladi.