Jamiyat | 20:20 / 24.01.2016
4399
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik mijoz yangi avtomobil uchun olib kelgan mayda chaqalardan iborat 52 ming yuanni 1 kun davomida sanab chiqishdi

Xitoyning Shandun viloyatidagi avtosalonga 22 yanvar kuni kelgan mijoz o‘ziga yoqqan mashina uchun to‘lovni 1 va undan kam miqdordagi chaqalarda amalga oshirdi. Uning pullarini 23 yanvar kunining ikkinchi yarmida sanab bo‘lishdi. Bu haqda Sinbxua agentligi xabar bergan.

Xabar qilinishicha, Binchjouda yashaydigan bu xaridorning 52 ming yuan (6,3 ming dollar) pulini sanash bilan avtosalonning 15 nafar xodimi mashg‘ul bo‘ldi.

Uning aytishicha, u polietilen paketlar savdosi bilan shug‘ullanadi va xaridorlarning aksar qismidan 1 yuan yoki tszyao (10 tszyao 1 yuanga teng) oladi. U bu chaqalarni bankda qog‘oz pullarga almashtirmoqchi bo‘lgan, ammo barcha banklar uni rad qilishgan.

Xitoyda, Lyaonin viloyatida shunga o‘xshash holat 2015 yilning yozida ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda avtosalon xodimlari umumiy vazni 150 kg chiqqan 20 ming yuan miqdoridagi dastlabki to‘lovni yarim kun mobaynida sanab chiqishga majbur bo‘lishgandi.