Jahon | 19:48 / 24.01.2016
4827
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning Guanchjou shahrida anomal sovuqlar tufayli 67 yil ichida ilk bor qor yog‘di

Xitoyning Guanchjou shahrida anomal sovuqlar tufayli 67 yil ichida ilk bor qor yog‘di. Mahalliy OAV ta'kidlashicha, qor yog‘ishi bu tropik shahar uchun Xitoy Xalq Respublikasiga asos solingan 1949 yildan beri birinchi shunday hodisa bo‘ldi.

Shahar hokimiyati sovuqlar tufayli xavflilik darajasining eng yuqori darajasi bo‘lgan “qizil” darajani kiritdi. Guanchjouda o‘rtacha harorat bor-yo‘g‘i 0 gradusgacha tushganiga qaramasdan, Xitoyning bu janubiy hududi uchun bu sovuqlar anomal hisoblanadi.

Aholini issiqroq kiyinishga, haydovchilarni esa qor va yomg‘ir yog‘ishi sababli harakatlanish qiyinlashgani sababli e'tiborliroq bo‘lish so‘ralmoqda.

Anomal sovuqlar bu qishda Xitoyning ko‘plab hududlarining aholisi va kommunal xizmatlari ishchilari uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. Xususan, 23 yanvar Xitoy bo‘ylab birdaniga 12 ta meteostansiyadagi kuzatuvlar tarixidagi eng sovuq kun bo‘ldi. Pekinda o‘rtacha harorat -17,4 gradus sovuqni tashkil qilgan, shaharning ba'zi chetki tumanlarida sovuq -29,8 gradusgacha yetgan, bu 30 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.