Jamiyat | 17:56 / 24.01.2016
4613
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘lda fermerga 40 ga yerni noqonuniy sotib yuborgan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida fermerga 40 ga yerni noqonuniy sotib yuborgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Alijon Rasulov o‘zini Chinoz tumanining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi xodimi de tanishtirib, yangiyo‘llik Holiqjon Omonovga 40 ga yerni sotib yuborgan, har 1 ga yer uchun bir mln so‘m olgan.

Ammo keyingi tekshiruvlar davomida yer aslida Omonovga tegishli bo‘lib chiqmagan, shunda u Rasulovning qallobligini tushunib, tegishli idoralarga xabar bergan.

Firibgar tezda qo‘lga olinib, sudga topshirilgan.