Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:15 / 25.01.2016
5946
1 daqiqa o‘qiladi
AFP: Fransiya yozgacha Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishiga erishmoqchi
Fransiya Rossiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarning yozgacha bekor qilinishiga erishmoqchi. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse nashri.
“Biz barchamiz istayotgan maqsad, agar Minsk kelishuvlari bajarilsa, yozgacha sanksiyalarning bekor qilinishi imkoniyatini ta'minlashdir”, deb aytdi Makron.
Makron bu haqda Moskvada fransuz tadbirkorlari oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.