Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amsterdamda geymerlar uchun mehmonxona ochildi
Zamonaviy dunyoda bir turdagi mahsulotlar va xizmatlarning katta miqdorda mavjudligi tadbirkorlarning o‘z xizmatlarini antiqa “o‘ramda” taklif qilishga undamoqda. Bunga Amsterdamda geymerlar uchun ochilgan mehmonxona yorqin misol bo‘la oladi.
Dota 2, Counter Strike va boshqa kompyuter ixlosmandlari uchun bu mehmonxona xush keladi. Arcade Hotel deb nomlangan bu mehmonxona g‘oyasi muallifi va uning egasi Deniel Salmanovich istalgan odam o‘zini xuddi o‘z uyidek his qila oladigan mehmonxona yaratishga qaror qildi. Mehmonxonaning har bir xonasi televizor va o‘yin pristavkasi bilan jihozlangan. Arcade Hotel’da, shuningdek, portativ o‘yin pristavkalarining bepul prokatga berilishi yo‘l qo‘yildi, mutolaa qilishni istovchilar uchun komikslar kutubxonasi yaratildi.
Mehmonxona geymerlar uchun ixtisoslashganiga qaramasdan, Arcade Hotel’ning xonalari o‘yin posterlari va o‘yin qahramonlarining ko‘plab shakllaridan mustasno, ular loft uslubida bajarilgan va yetarlicha yoqimli va shinam sharoitga ega.