Sport | 18:12 / 25.01.2016
3678
1 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal», «Real», «Bavariya» va «MYu» «Monako»ning 17 yoshli futbolchisi uchun raqobat qilmoqda

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe mavsum yakunida erkin agentga aylanishi va Londonning «Arsenal» jamoasi tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.

L’Équipe nashrida xabar berilishicha, 17 yoshli bu futbolchi uchun da'vogar jamoalar orasida «Real», «Bavariyu», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «PSJ» kabi nomlar ham bor.

Qayd etilishicha, «Monako» bu futbolchi bilan shartnomasini uzaytira olmagan.

«Arsenal» jamoasining Fransiyadagi yoshlarni kuzatuvchi skauti Jil Grimandi monakoliklar jamoasining «Evian»ga qarshi mamlakat kubogi doirasila kechgan bahsini kuzatish uchun tashrif buyurgan.