O‘zbekiston | 18:21 / 25.01.2016
3922
1 daqiqa o‘qiladi

Asia Alliance Bank O‘zbekistonning savdoni moliyalashtirish borasidagi eng yaxshi banki deb topildi

Asia Alliance Bank xalqaro Global Finance jurnali versiyasiga ko‘ra O‘zbekistonning savdoni moliyalashtirish borasidagi eng yaxshi banki deb topildi.

20 yanvar kuni Parijda jurnal 2016 yilning eng yaxshi savdo moliyasi banklari reytingini (World’s Best Trade Finance Providers) e'lon qildi. Reyting 9 mintaqa, 84 davlat bo‘yicha hamda global miqyosda tuzib chiqildi. Reytingga sharhlar jurnalning fevral sonida chiqariladi.

Unga ko‘ra, Asia Alliance Bank O‘zbekistonning savdoni moliyalashtirish borasidagi eng yaxshi banki deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, jurnal 2014 va 2015 yillarda ham mazkur bankni ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi deb topgan edi.